TUMAN OGʻO MAJMUASI

TUMAN OGʻO MAJMUASI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14 — 15-a. lar). Shohizinda ansambli tarkibida. Majmua Amir Temurning xotini Tuman ogʻo begim nomi bilan bogʻlangan. Tuman ogʻo majmuasi maqbara, masjid, hujralar va chortokdan iborat, turli davrlarda bunyod etilgan. Bezaklari 15a. boshlarida ishlanib, uning yaxlitligini taʼminlagan. Maqbara xochsimon tarhli, moviy gumbazli, poygumbazi baland qilib qurilgan. Izorasi yorqin yashil rangli, 6 qirrali koshin gʻishtlar bilan yakunlangan, tilla halli qilib pardozlangan. Tarzi oʻyma koshin, islimiy va girih naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar bilan toʻldirilgan. Yozuvlarni «suls» xatida usta Shayx Muhammad ibn Hoji Bandgir atTugʻro Tabriziy bajargan. Ichki bezagida koʻk, oq va qizil rangli naqshlar manzarali rasmlar bilan uygʻunlashtirilgan. Maqbaraning jan. da 3 gumbazli masjid joylashgan. Uning mehrobi yorqin rangli parchin bilan qoplangan. Shohizinda ansamblining yuqori guruhida joylashgan ushbu yodgorliklarga yuqori chortoq orqali kiriladi. Chortoqning ichki gumbazi muqarnas kosachalar bilan toʻldirilgan. Peshtogʻi gʻisht va yigʻma koshin bilan qoplangan. Hujraga kiraverishdagi yozuvda masjidga amir Muso qizi Tuman ofo asos solganligi qayd qilingan. Umumiy tarhi 5,7×6 m.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x