Tsefotaksimretsept bilan

Allergik reaksiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, teri qichishish, kam hollarda – bronxospazm, eozinofiliya, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, juda kam hollarda – anafilaktik shok.

Yurak­tomir tizimi tomonidan: markaziy venaga tez bolyus yuborishda hayotga potensial havf soluvchi aritmiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Me’da­ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorinda og‘riq, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda – stomatit, glossit, psevdomembranoz enterokolit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishlari, oliguriya, interstitsial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, gipokoagulyatsiya.

Laborator ko‘rsatkichlar: azotemiya, qonda mochevina konsentratsiyasini oshishi, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, ijobiy Kumbs reaksiyasi.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena yo‘li bo‘ylab og‘riq, mushak ichiga yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat.

Boshqalar: superinfeksiya (xususan, kandidoz vaginit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x