Tseftriakson+sulbaktamretsept bilan

Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok) yuz berishi mumkin; stomatit, glossit, ovqat xazm qilish tizimi tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta’m sezishning yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya soxtamembranoz kolit.

Periferik qon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari: neytropeniya, limfopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya bo‘lishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobida plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda: kreatinin darajasi oshadi, tsilindrlar paydo bo‘ladi; oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (qon plazmasida jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborish joyida og‘riq va infiltrat, ayrim hollarda v/i yuborilganida – flebit yoki tromboflebit kuzatilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x