TRANSPLANTATSIYA

TRANSPLANTATSIYAodam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va b. organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Kon quyish — T. ning alohida turi.

Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Hoz. buyrak Transplantatsiyasi juda keng yoʻlga qoʻyilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, endokrin bezlar, oʻpka va b. organlarni koʻchirib oʻtqazish maxsus klinikalarda bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x