TRAGIKOMEDIYA

TRAGIKOMEDIYAtragediya va komediyaga xos xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan dramatik janr. T. da hayot haqidagi barcha mezonlar nisbiy xarakterga ega boʻladi. Bunda tragediya va komediya uchun odatiy hol boʻlgan oʻlchovlar mutlaqo inkor qilinishi mumkin. Voqelikni tragikomik tarzda qabul qilish va tasvirlashda insonning kundalik turmushidagi qatʼiy axloqiy qoidalar buziladi. Bu janrda ijod qiladigan sanʼatkor voqelikni tragikomik tarzda qabul qiladi. Sanʼatkor mavjud ijtimoiy tuzum va urfodatlarni tanqid ostiga olishi, kinoya, piching, yumor va satiradan foydalanib, mavjud fojiaviyijtimoiy illatlar ustidan istehzoli kulishi mumkin. Tragikomediyada har ikkala janrga xos xususiyatlar oʻzaro almashinib, biri ikkinchisining mavjudligi shartiga aylanadi. Fojiaviy holatlar bilan komik personajlar bir paytda sahnaga chiqadi. Ushbu janrdagi voqelik tasviri oxiroqibatda fojiaviylik oʻrnini kulgi va kulgili holatlar oʻrnini fojia egallashi bilan yakun topadi. Tragikomediya oʻzaro zid janrlarning dialektik birligidan yuzaga keladigan kuldirib yigʻlatish va yigʻlatib kuldirish holatlari asosiga quriladi. Bu janrdagi asarlar oʻquvchi yoki tomoshabinni kuldiradi va ayni paytda chuqur tafakkur uchun manba boʻlib, ichdan yigʻlatadi. Insonni oʻz moxiyatiga yoki oʻzi yashab turgan jamiyatga teran nazar bilan qarashga oʻrgatadi. Tragikomediyada voqelik tizimi tubdan oʻzgarishi, kutilmagan mubolagʻali yoki allegorik epizodlar oʻrtaga chiqishi mumkin.

Tragikomediyaning dastlabki namunalari Yevripid ijodida uchraydi.

19-a. oxiri va 20-a. 1yarmidagi Yevropa adabiyotida, xususan, G. Gauptman, A. P. Chexov, G. Lorka, E. Ionesko, S. Bekket ijodida Tragikomediya namunalari mavjud. Oʻzbek adabiyotida Sh. Boshbekovning «Temir xotin» asari Tragikomediyaga misol boʻladi. Sanʼatshunos olimlar Ch. Chaplin suratga tushgan filmlarda tragikomik unsurlar mavjudligini taʼkidlaydilar.

Bahodir Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x