TRANSFERT

TRANSFERT, transfer (frans. transfert — oʻtkazish, koʻchirish) — 1) chet el valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga oʻtkazish;

2) nomi yozilgan qimmatli qogʻozlarga egalik huquqini bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga berish;

3) bitishuvlarga doyr toʻlovlarni bir xisobvarakdan boshqasiga oʻtkazish;

4) markaziy hokimiyat tomonidan undirilgan soliqlarning bir kismini mahalliy hokimiyat organlariga oʻtkazish. Amaliyotda oʻtkazma toʻlovlar, yaʼni davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uchun aholiga toʻlanadigan nafaqa va pensiyalar, tadbirkorlarga toʻlanadigan subsidiyalar, davlat qarzi boʻyicha toʻlanadigan foizlar ham Transfert («transfert toʻlovlari») deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x