TOYOTA

«TOYOTA» — Yaponiyaning «Toyota» moliyaishlab chiqarish. guruhiga kiruvchi eng yirik avtomobil kompaniyasi. Jahonda AQSHning «Jeneral motore» va «Ford motor» kompaniyalaridan keyin 3urinda turadi. Bosh idorasi Toyota sh. da. «Toyota» avtomobil kompaniyasi dastlab 1935-y. da toʻkimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zdning bir boʻlinmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937-y. dan «Toyota motor» kompaniyasi. 1947-y. dan «Toyota» yengil avtomobili ishlab chiqarildi. 1950-y. dan yangi konstruksiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa oʻkdari orqali harakatlanadigan, har qanday yoʻlda yura oladigan «Land Kryuzer» modelini ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi.

1954-y. da «Toyota» avtomobillari Braziliya va Avstraliyada ishlab chikarila boshladi, Jan. Afrika, Tailandsa shoʻba kompaniyalar tashkil etildi, boshqa mamlakatlarda «Toyota» avtomobillarini sotish bilan shugʻullanuvchi vakolatxonalari koʻpaytirildi. 1957-y. da «Toyota» avtomobillari AQSHga eksport qilina boshlandi.

«Toyota»ning 1962-y. da jami 1 mln., 1972-y. da 10 mln., 1986-y. da 50 mln., 1996-y. da 90 mln. va 1999-y. 100 mln. yengil avtomobili konveyerdan chiqdi. 1966-y. da «Korolla», 1970-y. da «Kerika», «Sprinter», «Karina», 1978-y. da «Terkel» modellari yaratildi. 1989-y. dan AQSHning «Jeneral motore» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 1992-y. dan Britaniya, 1996-y. dan Rossiyada oʻz korxonalarini ochgan. 1997-y. Toshkentda «Toyota»ning vakolatxonasi ochilib, kompaniya avtomobillari sotila boshladi.

«Toyota» avtomobillar va koʻplab b. mahsulotlar ishlab chiqaradi, oʻz tizimiga juda koʻp kompaniyalarni olgan, eng zamonaviy texnika, texnologiya bilan jihozlangan. Avtomobillarni yigʻish jarayoni 98% robotlashtirilgan, ishlab chiqarish. jarayonlari kompyuter yordamida boshqariladigan eng yirik korporatsiya hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x