TOKKATA

TOKKATA (ital. toccata — tegish, zarb) — asosan, klavishli musiqa cholgʻular uchun yozilgan virtuoz musiqa asari. 16-a. da Italiyada paydo boʻlib, dastlab badiha shaklidagi prelyudiya (A. va J. Gabriyeli va b.), keyinchalik konsert asari sifatida (I. Froberger, D. Bukstexude va b.) rivoj topdi. I. S. Bax ijodida qad. Tokkata janri oʻz badiiy choʻqqisiga koʻtarildi (organ uchun — re minor T. va fugasi mashhur). 20-a. da fortepiano (K. Debyussi, S. Prokofyev, F. Buzoni, A. Xachaturyan va b.) va organ (M. Reger va b.) Tlar bilan birga orkestr (A. Malyavskiy), skripka va orkestr (I. Stravinskiyning skripka va orkestr uchun konsertning lqismi) paydo boʻldi. Oʻzbekistonda I. Akbarov, X. Izomov, G. Mushel va b. fortepiano, organ uchun Tokkatalar yaratganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x