TOSHQUDUQ QUMLIGI

TOSHQUDUQ QUMLIGI — Qizilqumning shim. gʻarbiy qismidagi qumlik. Gʻarb va shim. gʻarbdan Amudaryo deltasi bilan chegaradosh, jan. gʻarbda Tabaqum kumligi, sharq va jan. da Kizilqumning b. qumliklari bilan tutashgan. Toshquduq qumligi gʻarbdan sharqqa 38—40 km, shim. dan jan. ga 15 — 17 km ga choʻzilgan. Balandligi gʻarbiy qismida 70—75 m, sharqida 138 m gacha. Shim. va shim. gʻarb tomon pasayadi. Toshquduq qumligida eol relyef shakllaridan qum marzalari, doʻng qumlar, barxanlar, koʻzanak qumlar tarqalgan, kum marzalari va doʻng qumlar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Barxanlar koʻpincha quduqpar atrofida uchraydi. Shim. qismida taqirlar, jan. sharqiy qismida shoʻrxoklar (Ulkan Qorashoʻr) tarqalgan. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq (tra 44° gacha koʻtariladi). Yogʻingarchilik kam (70—100 mm). Surqoʻngʻir qumli taqir tuproqlar hosil boʻlgan. Qumlikda choʻlga xos kserofit, psammofit va efemer oʻsimliklar (oq saksovul, juzgʻun, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin, shuvoq va b.) oʻsadi. Quduqlar (Toshquduq, Oltinqum, Qoʻngʻirtepa, Qoshquduq, Saksovulquduq va b.) bor. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi. Murod Mamatqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x