TOSHMATOV Mansur Gʻaniyevich

TOSHMATOV Mansur Gʻaniyevich (1954.14.9, Toshkent) — estrada xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Gʻanijon Toshmatovning oʻgʻli. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1979). «Navo» (197679), «Sado» VIA (1979—81) lari, Jizzax (1982—84) va Oʻzbek davlat filarmoniya (J 9868 8)si, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar ashula va rake ansambli (1991 —99)da yakkaxon xonanda, «Uzbekteatr» birlashmasida «Fayz» qoʻshiq teatri (1988—91), B. Zokirov nomidagi Estradasimfonik orkestri (2003-y. dan) badiiy rahbari. Repertuaridan chet el estrada yulduzlari — F. Sinatra, T. Jons, S. Uander E. Jero, Oʻzbekiston (E. Solihovning «Umid», Ye. Shiryayevning «Oq qayinlar», Ik. Akbarovning «Qaydasan», «Raʼno» va b.) va b. kompozitorlar asarlari, shuningdek, musiqasini oʻzi bastalagan qoʻshiklari («Uynading», U. Abduazimova sheʼri; «Shirin xayol kelarmi», Sh. Rashidov) oʻrin olgan. Toshmatov keng diapazonli, jozibali ovoz sohibi. Ijrolari gramplastinka («Mansur Toshmatov kuylaydi», 1978) va kompakt disk («Your favorite songs», 2000)ga yozilgan. «Uzbektelefilm» studiyasida Toshmatov ijodiga bagʻishlangan 2 film ishlangan (1984, 1988). Bir necha xalqaro estrada tanlovlar (jumladan, Bolgariyadagi «Oltin Orfey», 1978) gʻolibi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x