TOSHKENT YURIDIK INSTITUTI

TOSHKENT YURIDIK INSTITUTIxalq xoʻjaligining barcha sohalari uchun yuristhuquqshunoslar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. Toshkent unti yuridik fti negizida 1991-y. tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufida. Oʻquv jarayoni 2 bosqich: bakalavriat va magistratura bosqichlarida amalga oshiriladi. Intda 3 ta xuquq va ikkinchi mutaxassislik fti hamda magistratura markazi, 12 ta maxsus kafedra, 9 ta ijtimoiy kafedra bor. 3370 talaba oʻqiydi. 200 dan ortiq prof. oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi (2004). Intda demokratik, huquqiy davlatni barpo etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, aholi huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targʻibotni kuchaytirishni koʻzda tutgan muammolarga oid tadqiqotlar olib boriladi. Yuridik fanlari dri va nomzodi ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatadi. 300 ming asarga ega boʻlgan asosiy kutubxona, 2 mingdan ortiq kitob jamlangan huquqiy axborot xonasi bor. Inson huquqlari va huquqiy yordam koʻrsatish klinikalari tashkil etilgan, ular aholiga bepul xizmat qiladi. Bu klinikalarda 60 dan ortiq talaba, oʻqituvchi, amaliyotchi faoliyat olib boradi. Klinika aʼzolari Polsha, Vengriya, Rossiya va b. davlatlardagi yuridik klinikalarda malaka oshiradilar.

Intda «Davlat va huquq», «Oʻzbekiston qonunchiligi tahlili» yuridik jurnalilari va «Xuquqiy maʼrifat» gaz. chop etiladi. 1999-y. da int qoshida akademik litsey tashkil qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x