TOSHKENT TELEVIZION MINORASI

TOSHKENT TELEVIZION MINORASI — Toshkentdagi radiotelevizion uzatish styasi, meʼmoriy inshoot. Toshkentdagi 1televizion minora metall fermalardan (bal. 180 m) qurilgan (1956; Navoiy koʻchasi, 69). Telekoʻrsatuvlar koʻlamining kengayishi munosabati bilan kuchli radiotelevizion uzatish styasi qurishga ehtiyoj tugʻilgach, Boʻzsuv kanalining oʻng sohilida 375 m bal. da 2 T. t. m. (Amir Temur koʻchasi, 99) qurildi (1978 — 85; meʼmorlari: Yu. Semashko, N. TerziyevSarukov, muhandislar Ye. Morozov, M. Musheyev). Oʻzagi 3 konussimon qurilma tirgakka oʻrnatilgan. Oʻz oʻqida erkin turuvchi inshoot 9 balli zilzilaga bardosh beradi. Toshkent televizion minorasida «Koinot» restoranining «qizil» va «zangori» zallari (180 oʻrinli) va tomosha (kuzatuv) maydonchalari bor (bal. 100 m). 220 m balandlikda esa radiotelevizion styasi qurilgan. Ular doirasimon shaklda boʻlib tashqi va ichki tomoniga panjara, ganch oʻymakorligi va b. meʼmoriy anʼanalar asosida ishlangan. Minoraning oʻrtasida lift, zina, yordamchi xonalar, meteorologik stya va muhandislik jihozlari joylashgan. Eng yuqori qismida 5 dasturli koʻrsatuvlarga moʻljallangan antenna oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x