TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI» DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI — yirik sanoat korxonasi. «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Universal chopiq traktorlari, paxtachilik traktorlari, paxta tashish tirkamalari ishlab chiqaradi. Oʻqdori ishlab chiqaradigan zd sifatida 1942-y. da tashkil qilingan. 1945-y. da oziq-ovqat mashinasozligi zdi («Tashprodmash») ga aylantirilib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar va maishiy xoʻjalik mollari ishlab chiqarilgan. 1950-y. dan Paxtachilik mashinasozligi zdi deb atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, quritishtozalash sexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957-y. dan paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan T«ashavtomash» zdiga aylantirilgan. 1967Y. da rekonstruksiya kilingan; 1969-y. dan traktor zdi. 1970-y. dan Rossiyadagi Vladimir traktor zdida ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun moslashtirilgan (paxta modifikatsiyasidagi) T28X4 traktorlari yigʻilgan, 1972-y. dan zdning oʻzida tayyorlangan uzellardan traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976-y. da paxta modifikatsiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 1995-y. dan hozirgi nomda. 1997-y. dan AQSH ning «Keys» firmasi bilan hamkorlikda traktor ishlab chiqaradigan «Oʻzbekkeystraktor» qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida zdda kem g koʻlamli savdo ishlari yoʻlga qoʻyildi. 2001-y. da Rossiya (Noginsk, Zlatoust, Qozon va b.), 2002-y. da Turkiya, Krzogʻistonda savdo uylari ochildi. 2001-y. dan XXR bilan hamkorlikda 30 ot kuchiga ega boʻlgan 2 modeldagi kichik traktorlar ishlab chiqarila boshlandi, uning koʻpgina detal va uzellari mahalliylashtirilgan. Korxona TTZ80 va TTZ100 rusumli uch gildirakli paxtachilik va toʻrt gʻildirakli universal chopiq traktorlari ishlab chiqaradi (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x