TOSHKENT MINERAL SUVI

TOSHKENT MINERAL SUVIToshkent atrofi artezian havzasiga mansub, maxsus xossa va komponentlarga ega boʻlgan mineral suv. Yuqori boʻr — senoman yarusidagi gravelit va qumtosh qatlamlarida joylashgan. Dastlab 1948-y. Eshonkoʻrgon strukturasi (Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston viloyati, Sariogʻoch sh.)da topilgan. Toshkent sh. atrofidagi senoman yarusida oʻnlab burgʻi quduti kovlangan. Bu quduqlardan suv bosim ostida chiqib, ular fontan rejimida 1,35 lGʻsek. dan 10,6 lGʻ sek. debit bilan ishlagan. Toshkent mineral suvi 1100 m dan 2345 m gacha boʻlgan gorizontda topilgan. Bu azotishqorli issiq suv boʻlib, 0,6—1,14 g/l minerallanishga ega. Suvning joylashish chuqurligiga qarab, trasi 36° dan 7 G gacha. Tarkibi gidrokarbonatnatriyli, sulfatgidrokarbonatnatriyli, baʼzan xloridsulfatgidrokarbonatnatriyli boʻlib, unda radon konsentratsiyasi 4—9» eman, baʼzi mikroelementlar (Si, Al, Fe, Ti, Mo, V) ham mavjud. Geliyargon metodi bilan aniqlanishicha, Toshkent mineral suvining yoshi 60 mingdan 3,5 mln. yilgacha. Toshkent mineral suvida geliy 0,2—1,6, argon 0,5—1,7, SO2 1,2— 1,3 hajmli foizlarda erigan. Suv tarkibida (4,8—8,12) Yu6 g/l uran, (1,49,9) Yu12 g/l radiy; gazlardan 89,6% erigan azot, 12—18,6% kislorod, 0,5—8,9 karbonat angidrit bor. Suvning umumiy qattikligi 7,2 — 8,2. Shifobaxsh omillari — yukrri traliligi, tarkibi kremniy kislota (30—40 mg/l)ga boyligidir. Toshkent mineral suvi hoz. vaqtda Tibbiy tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutoʻ va bir qancha fizioterapevtik shifoxonalar: «Chinobod», «Turon», «Botanika», «Chatqol», va b. da foydalaniladi. Mineral suv tayanchharakat organlari, nerv sistemasi, ginekologik, ekzema, neyrodermit, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qoʻllanadi. Undan tashkari, 1952-y. dan «Toshkent mineral suvi» shifobaxsh ichimlik suvi sifatida isteʼmol qilinadi. Toshkent mineral suvi sdan koʻplab foydalanish oqibatida burgʻi quduklaridan suvning tabiiy bosim ostida chiqishi (1 lGʻsek, yoki undan kam) keskin kamayib, pyezometrik sathning muntazam ravishda pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun, Toshkent mineral suvi katʼiy nazorat ostida — balneologik maqsadlarda hamda idishlarga quyilib ichimlik suvi sifatida ishlatilishi lozim.

Ad..Sultanxodjayev A. N., Stoynov Toshkent Mineral Suvi, Osnovnыye tipы mestorojdeniy mineralnыx vod, Toshkent mineral suvi, 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x