TOSHKENT SIRKI

TOSHKENT SIRKI — oʻzbek va boshqa davlatlar sirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik statsionar sirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda sirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va uy hayvonlarini oʻrgatuvchi kishilar mahorati bilan boshlangani haqidagi tafsilotlar, rivoyatlar saklangan. Xalq sayillarida, bozor va guzarlarda dorboz va simbozlar, jonglyorlar, polvon va besuyaklar oʻz sanʼatlarini namoyish etganlar. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan. 19-a. oxirida Toshkentda gastrolda boʻlgan F. Yupatov, V. Sobolevskiy, A. Farrux, R. Kapito, Ye. Gamkrelidze va b. ning antreprenyor truppalari muvaqqat binolarda tomosha koʻrsatgan. Toshkent yarmarkalarida bir vaktda 3—4 ta sirk tomoshasi, jumladan, oʻrgatilgan hayvonlar bilan ham tomosha koʻrsatilgan. Eski shaharda 10 ming tomoshabinga moʻljallangan ochiq sirk ishlab turgan. 1913-y. dan sirk truppalarining tomoshalari «Kolizey» binosida koʻrsatila boshladi. 1914-y. oxirida Voskresenye bozori hududi (hoz. Navoiy maydoni) yaqinida F. Yupatovning yogochdan ishlangan statsionar sirk binosi qurildi. Bu yerda yevropalik va rus artistlari bilan birga oʻzbek artistlari, jumladan, Yusufjon qiziq Shakarjonov, akrobatchi, raqqosa, chavandoz Ye. Yupatova (Goʻzal Yelena) va b. xam tomosha koʻrsatganlar. Toshkent sirkining birinchi badiiy rahbari va direktori — A. V. Lapiado (asl familiyasi Korolyov). 1928-y. Karim Zarifov «Kizil Sharq» (keyinroq «Kooperativ») sirk truppasini tashkil etdi. 1930-y. Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻiston sirklari birlashtirilgan davlat sirklari markaziy boshqarmasi tuzildi. 1941—44 y. lar Toshkent sirki qoshida Abdulla Gismatulin rahbarligidagi akrobatika studiyasi ishladi. 1942-y. oktyabrda oʻzbek sirki jamoasi tuzildi. Bu yerda Yusufjon qi^iq, dorbozlar — Toshkanboyevlar, chavandozlar — Zarifovlar, Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, gimnastlar — Madaliyevlar, keyinroq qiziqchi va akrobat Yusupovlar, rus masxarabozlaridan G. Zastavnikov, P. Borovikov va b. ishladilar. 1950—56 y. larda Toshkent sirki badiiy rahbari — Erkin Toshkanboyev, 1976—90 y. lar Obidjon Toshkanboyev. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin vaqtinchalik shapito sirki ishlab turdi.

1975-y. Xadra maydonida 2597 oʻrinli yangi Toshkent sirki binosi qurib bitkazildi (arx. G. Aleksandrovich, G. Masyagin; muhandislar S. Berkovich, R. Muftaxov). Sirk binosi ikki qismdan iborat: tomosha zali hamda uning atrofida joylashgan vestibyul, foye, garderob, bufetlar va xizmat xonalari. Bino yechimida anʼanaviy ustun — toʻsinli ustun oʻrniga hoshiya — halqali qurilma uslubining qoʻllanilishi foyeni ustunlardan xoli kilishga va tomoshabinlar uchun qulay sharoit yaratilishiga imkon berdi. Shu bilan birga foye ikki xil balandlikda qurilgan; yuqoridagisi 7 metrli halqa konsol yordamida toʻla aylana hosil qilib, katta bufet bilan birlashtirilgan. U serhasham zinapoyalar orqali pastki sathi bilan tutashtirilgan. Foye interyerlari sirk sanʼati mavzuiga oid yorqin nur taratuvchi rangli vitraj bezaklar yordamida vazmin oqish tus koʻrinishiga ega. Foye, zalga kiriladigan yoʻlakchalar milliy anʼanaviy ganch oʻymakorligi, eshiklar yogʻoch oʻymakorligi uslubida ishlangan.

Poʻlat Toshkanboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x