TOSHKENT OLIY UMUMQOʻSHIN QOʻMONDONLIK BILIM YURTI — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti. 1918-y. 12-iyulda Turkiston sovet komandirlari kursi sifatida tashkil etilgan. 1919-y. Turkiston harbiy instruktorlar maktabi deb oʻzgartirilgan. 1922-y. dan Turkiston komandirlar tarkibini tayyorlaydigan birlashgan maktab, 1943-y. dan Toshkent piyoda askarlar bilim yurti nomi bilan yuritilgan. 1958-y. dan Umumqoʻshin komandirlari oliy bilim yurti nomi bilan atalgan. 1991-y. dan hoz. nomda. 1992—2003-y. lar mobaynida 2,5 mingdan ortiq ofitser tayyorlangan. Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi: motooʻqchilar boʻlinmasi komandirlari; motooʻqchi qoʻshinlari komandirlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari; qoʻshin razvedkasi taktik komandirlari. Bilim yurtida tinglovchilarning taʼlim jarayoni amaliy va nazariy tayyorgarliklardan tashkil topib, ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые