TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI — yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Int 1934-y. da Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari inti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash inti asosida tashkil etilgan. 2004-y. ning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari inti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-y. 30-martdagi karori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya intiga aylantirildi.

Intda: gidromelioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; suv xoʻjaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; boshqaruv va iqtisodiyot; yerdan foydalanish va yer kadastri ftlari, magistratura va sirtqi boʻlim bor, ularda suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; ekologiya va atrof mux. it muxrfazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash; suv xoʻjaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb taʼlimi; iqtisodiyot; buxgalteriya gʻisobi va audit; menejment; yer tuzish va yer kadastri kabi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar hamda magistratura boʻlimida 31 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida mayd. 1609 ga boʻlgan oʻquv tajriba xoʻjaligiga ega. 2003/04 oʻquv yilida intda 5 mingdan ortiq talaba oʻqidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yakin prof. oʻqituvchilar, shu jumladan 41 fan dri, prof. lar 200 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar ishladi. Shuningdek, int tarkibida oʻquv, oʻquvuslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Int huzurida Buyuk Britaniyaning London sh. dagi «Interneshnl XausLondon» litseyi taʼsischi boʻlgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha «Interneshnl Xaus — Toshkent» va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi akademik litseylar faoliyat koʻrsatadi. Intda A. N. Askochenskiy, Ye. A. Zamarin, Yanishevskiy, T. N. QoriNiyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Prof. lar Sh. U. Yoʻldoshev, A A. Rachinskiy, E. F. Fayziboyev, Sh. Murodov, Toshkent Irrigatsiya Va Melioratsiya Instituti Xudoyberdiyev va b. olimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Int tashkil etilgandan buyen xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Int huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Int bir necha nufuzli oliy oʻquv yurtlari, i. t. intlari AQSHning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg untlari bilan ilmiy aloqa oʻrnatgan va talabalar, professoroʻqituvchilar almashinish, i. t. grantlari olish yoʻlga qoʻyilgan.

Tolibjon Xudoyberdiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x