TOSHKENT TOʻQIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

TOSHKENT TOʻQIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIpaxta sanoati, toʻqimachilik, yengil sanoat, matbaa va qogʻoz i. ch. sohalari uchun bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent toʻqimachilik inti nomi bilan 1932-y. da tashkil etildi, 1968-y. dan hoz. nomi bilan ataladi. Int tarkibida 6 ft: paxta texnologiyasi va mexanika, mexanik texnologiya, yengil sanoat texnologiyasi, muhandispedagogika, sirtqi, malaka oshirish ftlari, test sinovlariga tayyorlov boʻlimi bor. Intda zamonaviy dastgoh va uskunalar, kompyuterlar bilan jihozlangan oʻquv lab., «CENTEXUZ» sertifikatsiya lab., test markazi, 30 ta kafedra, «Geydelberg» firmasi bilan hamkorlikdagi matbaa oʻquv markazi faoliyat koʻrsatadi. Kutubxona (900 mingga yaqin asar) bor. Intga doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilish huquqi berilgan. Intda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 18 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Int tashkil topgandan beri 40 mingdan ortiq mutaxassis yetishib chiqsi. 2003/04 oʻquv yili 3,5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 350 ga yaqin prof., oʻqituvchi, shu jumladan, 35 fan doktori va prof. ishladi. Int yoʻllanmasi bilan 250 yosh olim chet ellarda malaka oshirdi (2004). Int Xalqaro toʻqimachilik akademiyasi (1995), Xalqaro oliy oʻquv yurtlari uyushmasi (1996), Xalqaro ipak uyushmasi (1997) aʼzosi. Int olimlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining muhim sohalariga molik paxta, ipak, toʻqimachilikning texnikatexnologiyalari, chiqindisiz texnologiya kabi mavzularda i. t. ishlari olib boradi. Itt qoshida 5 ta talabalar uyi, zamonaviy sport zallari, sanatoriyprofilaktoriy, sogʻlomlashtirish maskani, iqtidorli yoshlar akademiyasi, talabalar konstruktorlik byurosi, modalar teatri faoliyat koʻrsatadi. Int faoliyati 3. A. Abdullayev, H. A. Alimova, M. F. Ahmedov, A. K. Inoyatov, F. S. Kungursova, S. N. Nusratov, A. Rahmatullayev, T. R. Rashidov, N. I. Truyevsev, X H Usmonxoʻjayev, M. T. Oʻrozboyev, M. A. Hojinova va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x