TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI — moliyakredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. 1931-y. da Toshkent sh. da Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod inti tashkil etilgan, unga keyinrok, Toshkent moliyaiqtisod inti, 1962-y. da Toshkent xalq xoʻjaligi inti nomi berilgan. 1991-y. 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi inti (q. Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliyaiqtisod va hisobiqtisod ftlari negizida tashkil etilgan.

Intda 7 ta ft (moliyaiqtisod; kreditiqtisod; hisobiqtisod; boshqaruv; sirtqi moliyaiqtisod; sirtqi kreditiqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish inti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va b. boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida intda 6833 talaba taʼlim oldi; 354 prof. oʻqituvchi, jumladan, 38 fan dri va prof., 154 fan nomzodi va dotsent ishladi.

Int moliya, bank ishi, soliq, sugurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi.

Int faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq.

Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Intda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Jan. Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh untlari bilan oʻquvilmiy sohalarda hamkorlik qiladi.

Murod Sharifxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x