SPORTCHA YURISH

SPORTCHA YURISHyengil atletika turi; odatdagi yurishdan tik holatda tayanilayotgan oyoqni, albatta, toʻgʻri qolda, tizzani bukmasdan yurish bilan, yugurishdan — harakatning betayanch bosqichi boʻlmasligi (tovonni bosish shartligi) bilan ajralib turadi. Syu. tezligi odatdagi yurishdan 2—2,5 baravar yuqori boʻladi, bunga katta (105 — 115 sm) va teztez (minutiga 180—200 ta) qadam tashlash bilan erishiladi. Musobaqalar stadion yoʻlkasida va asfalt yoʻllarda oʻtkaziladi. Erkaklar 10—50 km (rasmiy xalqaro musobakalarda — 20 va 50 km), oʻsmirlar — 3 — 10 km; ayrim mamlakatlarda ayollar — 3—20 km masofada musobakalashadilar. Syu. musobaqalari 19-a. 2-yarmida avval Buyuk Britaniyada, keyin Kanada, AQSH, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va b. mamlakatlarda oʻtkazila boshladi. 1908-y. dan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x