TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI

TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Oʻzbekistondagi yirik issiklik elektr styalardan biri. «Uzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻba korxona. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Stya qurilishi 1961-y. yanvarda uskunalarni ochiq holda joylashtirish bilan boshlangan. 1energobloki 1963-y. da, oxirgi — 12bloki 1971-y. da ishga tushirilgan. Unga bosimi 140 atm , harorati 545° boʻlgan 500 tGʻsoat bugʻ ishlab chiqarish quvvatiga ega agregatlar oʻrnatilgan. Har bir afegatning quvvati 160 MVt, styaning umumiy quvvati esa 1860 MVt. 1975-y. da stya sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilindi. Asosiy yoqilgʻiBuxoro gazi, rezerv yokilgi — mazut. Suv bilan taʼminlash sistemasi — kanal, sohil nasos styalari, bosimli quvurlar va ishlatilgan suv chikarib yuboriladigan yopiq kanallardan iborat. Suv Buzsuv kanalidan olinadi. Stya Toshkent sh. va uning atrof hududlari isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi; Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr tizimga 110, 200, 500 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-y. da 9345,7 mln. kVtsoat elektr energiya va 273,9 Gkal issiklik energiyasi ishlab chikardi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x