TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIinformatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent elektrotexnika aloqa inti nomi bilan 1955-y. da tashkil qilingan. 2003-y. dan hoz. nomi bilan ataladi. Untda 8 ft: telekommunikatsiya tarmoqdari va kommunikatsiya tizimlari, radioaloka, radioeshittirish va televideniye, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar fti, iqtisod, sirtqi, malaka oshirish va maxsus ftlar bor. Untda 5 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi. Untda 28 kafedra, 40 oliy oʻquv lab., 20 i. t. lab., kutubxona (80 mingdan ziyod asar) faoliyat koʻrsatadi. Unt qoshida i. t. sektori, internatlitseyi, akademik litsey va kasbhunar kolleji mavjud. 2002/03 oʻquv yili untda 3,5 mingga yaqin talaba oʻqidi. Unt Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S. S. Qosimov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Unt tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x