TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI

TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASIToshkent sh. yaqinidagi togʻ oldi bukilmasida joylashgan havza; jan. da Fargʻona, garbda Qizilqum va shim. da Chimkent (Aris) artezian xavzalari bilan tutash. Sharkda ChatqolQurama burmalanish oblasti togʻ oldilari bilan chegaralanadi. Havza oʻramidagi yura yotqiziklarining qalinligi 100—150 m gacha boʻlib, tarqalishi cheklangan. Boʻr yotqiziqlari keng maydonni egallagan va yupqa qatlamchali ohaktoshlar koʻshilgan terrigen choʻkindilari (konglomerat va qumtosh)dan iborat. Boʻr yotkdoiklarining qalinligi 50—100 m dan 900 m gacha oʻzgarib turadi. Paleogen yotqizikdari juda keng tarqalgan, ular ohaktosh, qumtosh, konglomerat va gillar boʻlib, umumiy qalinligi 150 m gacha. Neogenning kontinental qatlami 300 m dan 1600 m gacha boʻlgan terrigen yotqizikdardan iborat. Toʻrtlamchi davr yotqiziklari esa 600 m gacha boʻlgan allyuvial, prolyuvial, yoki delyuvial va elyuvial choʻkindilardan tarkib topgan. Regionda tektonik strukturalarning har xilligi gidrogeologik sharoitning xilmaxilligini belgilaydi. Asosiy antiklinal strukturalar (togʻli zonada) paleozoy yotqizikdarining darzlik va darzlikkarst suvlari tarqalgan joylaridir. Sinklinallarda vodiy va togʻ oldi qismlari toʻrtlamchi davr yotqiziklarida bosimli chuchuk suvlar, neogen, paleogen, quyi boʻr va yura togʻ jinslarida shoʻr suvlar hamda yuqori boʻr yotqizikdari (senoman va turon)da chuchuk mineral termal suvlar tarqalgan. Yuqori boʻr qatlamlaridagi mineral suvlarning yoshi 0,2 dan 3,5 mln. yilgacha, «yosh» suvlar (0,2 mln. yilgacha) Toshkent artezian havzasining shim. va sharqiy qismida boʻlib, jan.

gʻarb tomonga ularning yoshi 2—3,5 mln. y. gacha oshib boradi. Havzaning botiq (choʻkkan) joylarida deyteriy konsentratsiyasining oʻrganilishi infiltratsion va sedimentatsion suvlarning siljiganligini va Toshkent mineral suvlarining koʻplab foydalanilganligi oqibatida suvning sifati yomonlashib, zaxirasi kamayib borayotganligini koʻrsatmoqda. Havzaning turli punktlarida U234/ U238 lar munosabatining oʻzgarishiga qarab yuqori boʻrga mansub yer osti suvlarining harakat tezligi chekka qismlarda yiliga 8—10 sm, markaziy qismda yiliga 1 sm gacha ekanligi aniklandi. Yer osti suvlarining umumiy oqimi gʻarbiy, jan. gʻarbiy yoʻnalishiga ega boʻlib, havzaning chekka qismlarida harakat tezligi markazdagi (Toshkent sh. hududi)ga nisbatan koʻproq.

Ad.: Sultanxodjayev A. N., Dusxodjayev X. R., Sыrdarinskiy artezianskiy basseyn, Toshkent artezian havzasi, 1973; Sultanxodjayev A. N.,Latipov S. U. i dr., Gidroseysmologicheskiye predvestniki zemletryaseniy, Toshkent artezian havzasi, 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x