TOSH CHORSHANBA OʻGʻLI

TOSH CHORSHANBA OʻGʻLI (1909 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Kunchiqar qishlogʻi — 1967) — dostonchi. Togʻasi va amakisi baxshi oʻtgan. Ulardan dostonchilik sirlarini oʻrgangan. Repertuarida 20 dan ortiq oʻzbek xalq dostoni boʻlib, ulardan «Alpomish», «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Avazxon», «Nurali», «Kelinoy» kabi dostonlar, koʻpgina terma, ertak, maqol, topishmoqdar yozib olingan. Tosh Chorshanba Oʻgʻli 1960-y. da jahon sharqshunoslarining Moskva kongressida ishtirok etib, «Alpomish» dostonidan parchalar kuylab bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x