TOSHHOVUZ

TOSHHOVUZ (Dashhovuz) — Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Turkmanistonning shim. da, Toshhovuz vohasida joylashgan. Toshhovuz stansiyasi. Toshhovuzdan Ashxobodgacha 635 km. Aholisi 165,4 ming kishi (1999).

Toshhovuz 1816-y. da Xiva xonligi qalʼasi sifatida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806—1825) tomonidan qurdirilgan. 1873-y. da Xiva xonligi tarkibida Rossiya imperiyasi protektoratiga kiritilgan. 1920-y. dan XXSRda; 1924-y. dan shahar Turkmaniston tarkibidagi viloyat markazi; 1925-y. dan Turkmaniston SSR okrug markazi. 1939 — 63 y. larda viloyat markazi, 1970-y. dan yana viloyat markazi.

Toshhovuz meʼmorligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qalʼa qurilishi bilan bogʻliq. Olloqulixon davrida qalʼa kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qoʻrgʻonlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. 19-a. oxiriga kelib, turli urushlar natijasida qalʼaning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864—1910) davrida saroy qayta tiklangan. 19-a. oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, jan. va saroy), 300 ga yaqin doʻkon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va Madrasa boʻlgan. Biroq saroy va b. imoratlardagi koʻplab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan.

1950-y. lardan shahar Shovot kanalining chap sohili boʻylab kengaytirila boshladi. Eski shaharning katta qismini tashkil etgan paxsali imoratlar oʻrnida gʻishtin va temirbeton binolar, t. y. vokzali va b. qurildi.

Toshhovuzda paxta tozalash, yogʻmoy, pivo, sut, qishloq xoʻjaligi. mashinalarini taʼmirlash, qurilish materiallari, temirbeton buyumlar, grafitli elektrodlar zdlari, gilamchilik, tikuvchilik, konditer fkalari, goʻsht, don mahsulotlari ktlari ishlab turibdi. Aeroport, qishloq xoʻjaligi. texnikumi, tibbiyot va ped. bilim yurtlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x