TOSHPOʻLATOV Yunus Toshpoʻlatovich

TOSHPOʻLATOV Yunus Toshpoʻlatovich (1932.15.8, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari dri (1971), prof. (1980). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Usimliklar kimyosi intida ilmiy xodim (1956-59), Oʻzbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi intida optikaanalitika lab. mudiri (1959 — 65), yetakchi ilmiy xodim (1993—97), Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta sellyulozasi va texnologiyasi i. t. instituti direktori oʻrinbosari (196574), direktori (198392). Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat inti umumiy va anorganik kimyo kafedrasi mudiri (1974—83), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika unti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (1998-y. dan). Ilmiy ishlari paxta sellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenografik va IKspektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilish, mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid. Toshpoʻlatov paxta lintidan sellyulozani ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etdi. Uning rahbarligida atsetilsellyuloza tasmalarini moylovchilar va ip yigirishda ishlatiladigan eritmalar uchun zarur qurilmalar tayyorlandi hamda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish. korxonalarida qoʻllandi.

As: Glinit — portlandsement, Toshpoʻlatov, 1958; Izometricheskiy metod issledovaniya polimernoʻx materialov (v soavtorstve), T., 1989; Protsessoʻ i apparatoʻ kompleksnoy pererabotki vtorichnogo soʻrya selxoz produktov (v soavtorstve), T., 1990.

Ad.: Yu. T. Toshpoʻlatov (biobibliografiya), T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x