TOGʻ QARGʻA

TOGʻ QARGʻA (Pyrrhocorax pyrrhocorax) — chumchuqsimonlar turkumining kargʻalar oilasiga mansub qush. Kattaligi zogʻchadek. Tanasining uz. 45 sm cha, ogʻirligi 270—370 g. Patlari qora rangda, dum va qanoti yashil tovlanadi; tumshugʻi va oyogʻi qizil. Markaziy va Jan. Yevropa, Shim. Gʻarbiy Afrika, Efiopiya, Oʻrta Osiyo togʻlarida tarqalgan. Oʻtroq hayot kechiradi. Togʻlarning alp mintaqasida yashaydi. 4—5 ta tuxum qoʻyib, 17—18 kun modasi bosadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va umurtqasizlar, baʼzan mevalar bilan oziklanadi.

TOGʻ QULASHI — katta hajmdagi togʻ jinslari massasining uzilishi, yon bagʻir boʻylab qulab tushishi. Tik (45 — 50°) togʻ yon bagʻirlari, dengiz qirgʻoqlarida, daryo vodiylarida sodir boʻladi. Togʻ jinslarining nurashi, yer osti va yuzasidagi suvning harakati, gravitatsiya taʼsirida vujudga keladi. Togʻ qargʻa koʻp hollarda zilzilalar, qurilishlar, konchilik ishlarida texnika nazoratiga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Togʻ qargʻa paytida turli oʻlchamdagi tosh boʻlaklari toʻsatdan pastga qulab, toshlar uyumini hosil qiladi. Togʻ qargʻa natijasida daryo vodiylari toʻsilib qolib, koʻllar vujudga keladi. 1911-y. da Murgʻob daryosida yirik Usoy Togʻ qargʻa sodir boʻlgan. Natijada bal. 700—800 m keladigan tabiiy toʻgʻon va Sarez koʻli vujudga kelgan. Togʻ qargʻani oʻrganish va oldindan aytib berish togʻli oʻlkalarda turli qurilishlar olib borishda amaliy ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x