TORONTO

TORONTO — Kanadaning sharqiy qismidagi shahar. Ontario provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001, shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Ontario koʻli sohilidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdosanoat, moliya va madaniy markazi. Katta Torontoda mamlakat sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoklari: umumiy mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, radio elektronika, poligrafiya, kimyo, texnikrezina. Shuningdek, farmatsevtika, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Metropoliten qurilgan. 2 unt, Ontario qirollik muzeyi, badiiy galereya bor.

Toronto oʻrnida 17-a. da indeyslar qishlogʻi, 18d. da fransuzlarning savdo manzilgohi, keyinroq fort boʻlgan. 1793-y. da inglizlar kelib oʻrnashgan (1834-y. gacha Yorkdebatalgan). 1793—1841-y. larda inglizlar mustamlakasi Yuqori Kanadaning maʼmuriy markazi. 1837 — 38 y. larda mustamlakachilarga qarshi kurash markazi boʻlgan.

Meʼmoriy yodgorliklaridan yogʻoch devorlar va York qalʼasi qoldiqlari, sud binosi va b. sakdangan. Zamonaviy binolardan 72 qavatli bino va bal. 553 m li teleminora kurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x