TOQ TUYOQLILAR

TOQ TUYOQLILAR (Perissodactyla) sut emizuvchilar turkumi. Oldingi oyoklarida 1,3 yoki 4 ta, orqa oyoqlarida 1 yoki 3 ta barmoq bor. Uchinchi barmogʻi boshqa barmoqlariga qaraganda yaxshi rivojlangan; uchida tuyogʻi mavjud. Gavdasi shu barmoqqa tayanadi. Jagʻ tishlari oʻsimlik mahsulotlarini chaynashga moslashgan. Kalla suyagining yuz qismi choʻziq. Oʻmrov suyagi yoʻq. Son suyagida uchinchi koʻstning borligi bilan juft tuyoqlilardan farq qiladi. Oshqozoni bir kamerali. Koʻrichagi uzun. Bitta bola tugʻadi. Toq tuyoqlilar Afrika, Osiyo, Jan. Amerikada tarqalgan; uy hayvonlari sifatida barcha qitʼalarda bor. Jan. Yevropada 19-a. oxirigacha yovvoyi holda yashagan. 3 oilasi: otsimonlar, karkidonlar va tapirlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x