Tohir Sodiqov — Nega sen ket deding

Birdan shamol keltirdi sening nafasingni
Men tomon, eslatdi u seni menga, jonginam.
Endi men borolmayman yoningga, sen esa
Kelmaysan endi.
Kimga og’ir bu ishdan, faqat ikkimizga,
Kimning ishi bor ekan bizni ishqimiz bilan?

Nega sen ket deding, nega men qolmadim,
Nega sevmayman desam, nega bunga ishonding?
Yoshlar to’la ko’zimga ishonmasdan hal etding,
Bizning hayotni, jonginam.

Sen bilgin, sen bo`la olarding men uchun
Eng aziz, eng aziz inson.
Lekin sevgi bizga qo`ygan shartlaridan
Biz o’tmadik oson, shunchaki oson.
Arzimas xato uchun to’laymiz biz bir umr,
Sen ko’z yoshlaring bilan, men esa bilmayman.

Nega sen ket deding, nega men qolmadim,
Nega sevmayman desam, nega bunga ishonding?
Yoshlar to’la ko’zimga ishonmasdan hal etding,
Bizning hayotni, jonginam. (x1+x2)

Yoshlar to’la ko’zimga ishonmasdan hal etding,
Bizning hayotni, jonginam. {x3}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x