DOʻSTMUHAMEDOVA Qizlarxon Kamolovna

DOʻSTMUHAMEDOVA Qizlarxon Kamolovna (1946.25.11, Toshkent) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1977). 1965-72 va 1982-88 y. lar «Shodlik» ashula va raqs ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. «Goʻzal» ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972—81). 1988-y. dan Toshkent davlat madaniyat in-tida pedagog. Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. «Goʻzal», «Tong malikasi», «Goʻzal tong», «Intizor», «Buxoro yulduzi», «Sevgi taronasi», «Nozli» kabi zamonaviy, shuningdek, «Munojot», «Tanavor», «Moʻgʻulchai segoh», «Qorakoʻzim», «Guluzorim», «Safti miskin» va b. mumtoz raqslari mashhur. «Shashmaqom» telefilmida qatnashgan (1972). «Tanavor» raqs ansambli (Sietl, AQSH) da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH, Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va b. mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab «Nafosat guldastasi» nomli film ishlangan (1985). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Qizlarxon Doʻstmuhamedova. «Munojot» raqsi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x