KONKRET MUSIQA

KONKRET MUSIQA — tabiiy va sunʼiy tovush-sadolarni yozib olish hamda ularni qayta ishlov natijasida hosil boʻladigan musiqa asarlari, musiqiy avangardizm oqimlaridan biri. Zamonaviy texnik vositalar (magnitofon, miksher pulti, mini-disk yozuv moslamalari va b.) yordamida birlamchi mahsulot (ovoz)larni oʻzgartirish, aralashtirish orqali yaratiladi. Konkret musiqada, asosan, tabiatdagi turli tovushlar hamda hayotiy shovqinlardan, shuningdek, inson ovozi, cholgʻu sadolaridan foydalaniladi. Konkret musiqa 20-a. ning 2-yarmidan rivoj topgan (ixtirochisi fransuz akustik muhandisi P. Shef-fer: «Turniket», «Temir yoʻl etyudi» asarlari, 1948 va b.); targʻibotchilari: kompozitorlar P. Bulez, P. Anri. O. Messian, Ya. Ksenakis, A. Jolive va b. Hozirda aksariyat Konkret musiqa namunalari kinofilm, multfilm, spektakllarga moʻljallangan «musiqali fon» vazifasini bajaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x