TOʻRGʻAY PLATOSI

TOʻRGʻAY PLATOSI, Toʻrgʻay supasimon oʻlkasi — Qozogʻistonning shim. gʻarbidagi platosimon qir. Shim. da Gʻarbiy Sibir tekisdigi, gʻarbda Jan. Ural va Mugʻojar togʻlari etaklari, sharkda Qozogʻiston past togʻlari, jan. da Turon pasttekisligi bn chegaradosh. Toʻrgʻay platosi chekka qismining mutlaq bal. 200—300 m. Toʻrgʻay soyligi (yoʻlagi)ni ham oʻz ichiga oladi. Meridional yoʻnalishda 630 km, kenglik boʻylab 300 km ga choʻzilgan. Toʻrgʻay platosi toʻlqinsimon tekislik boʻlib, asosan, pastroq qirlar (supa togʻlar) va yassi tekisliklardan iborat. Ular orasida esa quruq vodiylar joylashgan. Platoda shamol va suffozion jarayonlar natijasida vujudga kelgan botiqchalar koʻllar bn band.

Toʻrgʻay platosining oʻrta qismi pastroq (Toʻrgʻay soyligida 80—150 m ga pasayadi). Platoning zamini paleozoy davri kristalli togʻ jinslaridan tuzilgan, ularning ustini qalin mezozoy va kaynozoy gʻovak jinslari (gil, mergel, qum, konglomerat va b.) qoplagan. Iqlimi keskin kontinental va quruq, qishi sovuq va uzoq, yozi issiq. Jan. ga borgan sari qurgʻoqchil. Yanv. ning oʻrtacha trasi shim. qismida —15°, — 16°, jan. da —13°, —14°. Iyulning oʻrtacha trasi shim. da 23°, jan. da 25°. Baʼzi yillari qishda tra —45°, —46° ga pasayadi, yozda esa 42°, 44°ga koʻtariladi. Yillik yogʻin, shim. da 3000— 3500 mm, jan. da 150—200 mm. Dare kam, shim. ga Tobol va uning tarmogʻi — Ubagan, jan. ga qarab Toʻrgʻay, Irgʻiz va b. daryolar oqadi. Yirik koʻllari: Qushmurun, Oqsaut, Sariqara, Tenteksoʻr, Qarasoʻr va b. Toʻrgʻay soyligida joylashgan. Toʻrgʻay platosining shim. qismi dasht landshaftlaridan iborat. Och rangli qoratuproqlar, jan. da kashtan, qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Dare vodiylarida oʻtloq, koʻllar atrofida shoʻrxokbotqoq tuproqiar uchraydi. Oʻsimliklardan shim. qismida chalov, betaga, jan. da chalov, betaga bn birga burgan, shuvoq, shoʻralar, dare, koʻl boʻylarida qaragʻay, tol, terak va qamishzorlar tarqalgan.

Yovvoyi hayvonlardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, boʻri, tulki, boʻrsiq va b. yashaydi. Qushlardan tuvaloq, bizgʻaldoq, toʻrgʻay, koʻllarda oʻrdak, gʻoz va b. uchraydi. Temir, koʻmir, boksit, tuz konlari bor. Donli ekinlar ekiladi. Chala choʻl zonasida joylashgan jan. qismidan yaylov sifatida foydalaniladi. Toʻrgʻay platosida yirik magnetit temir rudasi (Sokolovsk, Sarbay, Kachar); boksit, koʻmir konlari va b. konlar bor. Naurzum qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x