TITANMAGNETIT

TITANMAGNETIT — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral — tarkibida koʻp mikdorda TiO2 ning kattik, eritmasi boʻlgan magnetit turi, (FeFe3Q, Ti)2O4. Fe, Ti va V larning kompleks rudasi. Unda Fe 50—55%; Ti 8—12%; V—0,5% gacha boʻladi. Tabiatda ilmenitli komponentlari koʻp (37% gacha) boʻlgan magnetitlar — titanmaggemitlar juda koʻp tarqalgan. Titanmagnetit larda Al3Q, V4Q, Cr3Q, Mp2Q va b. aralashmalar holida uchraydi. Oktaedrik kristallar, donador agregatlar, kora rangli massalar shaklida boʻladi. Qattikligi 5—5,5; zichligi 4,8—5,3 g/sm3. T. m. konlari, asosan, magmatik boʻlib, oʻta asosli jinslar, asosli va ishqorli tog jinslari bilan bogʻliq; sochmalarda gʻam uchraydi. Titanmagnetitning yirik konlari Rossiya, Hindiston, Kanada, AQSH va Norvegiyada mavjud. Titanmagnetitdan temir, titan, vanadiy olinadi (yana q. Temir rudalari, Titan rudalari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x