TIRUVANANTAPURAM

TIRUVANANTAPURAM, Trivandram — Hindistonning jan. qismidagi shahar, Malabar soxilida. Kerala shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning savdo va sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, yogʻochsozlik, rezinatexnika, kimyofarmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Kauchuk va kopraga ishlov beriladi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi, qora yogʻochdan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt bor. Tiruvanantapuram qadimda Travankur rojaligining poytaxti boʻlgan. Turizm rivojlangan. Tiruvanantapuram yaqinidagi Tumbu i. t. markazidan Hindistonning birinchi sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x