TIKANLI BALIQLAR

TIKANLI BALIQLAR (Gasterosteidae) — tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urugʻi, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, Tinch okean va Shim. muz okeani havzalariga mansub dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasining uz. 3 — 20 sm. Orqasida 3 — 16, qorin tomonida bitta tikan boʻladi (nomi shundan). Tikanli baliqlar 3 — 4 yil yashaydi, 1 yilda voyaga yetadi. Bahor va yozda uvildiriq tashlaydi. 60 — 400 tagacha tuxum qoʻyadi. Tikanli baliqlarning nasl toʻgrisida gʻamxoʻrligi murakkab rituaddan iborat: erkagi oʻsimlik parchalaridan uya qurib, uyaga tuxum qoʻyadigan bir necha urgʻochisini haydab kiradi; tuxumlari va tuxumdan chiqqan baliqchalarni qoʻriqlaydi. Tikanli baliqlar mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlarning lichinkalari, boshqa baliqlarning uvildiriq va chavoqlari bilan oziqlanib, baliqchilikka qisman zarar yetkazadi. Xoʻjalik ahamiyati kam, faqat 3 ignali Tikanli baliqlar ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x