Tibbiy niqobning turlari va ularning bir-biridan farqi bormi?

Tibbiy niqobning turlari va ularning bir-biridan farqi bormi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Tibbiy niqob turlari va ulardan foydalanish haqida SSV Matbuot xizmatiga Toshkent tibbiyot akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymurodov batafsil soʻzlab berdi:

— Hozirgi kunda tibbiy niqoblarning bir necha turlari mavjud. Ular sirasiga: kunlik (muolaja) niqoblar, maxsus xirurgik niqoblar, sterillangan va sterillanmagan niqoblar kiradi.
Kunlik (muolaja) niqoblar – bir marotabalik tibbiy mahsulot hisoblanib, uchta qavatdan iborat: ichki va tashqi qavati, oʻrtasida filtri boʻladi.
Maxsus tibbiyot niqoblari 4 qism boʻlib, filtr, ichki va tashqi qismlaridan tashqari suyuqlik oʻtkazmaydigan maxsus plast qismiga ham ega. Niqobning ushbu qismi teri qoplamasini turli biologik suyuqliklardan himoya qiladi.
Sterillanmagan niqoblar kundalik faoliyatda qoʻllaniladi.
Sterillangan niqoblar esa maxsus toza joylarda foydalaniladi (xirurgik muolaja jarayonida, laboratoriyada va hokazo).
Tibbiy niqoblardan 2 soatdan 6 soatgacha foydalanish mumkin. Pandemiya sharoitida mutaxassislar niqoblardan 2 soatdan ortiq foydalanmaslikni hamda foydalanilgan niqoblarni utilizatsiya qilishni tavsiya etishadi.
Bundan tashqari, virus organizmga nafaqat nafas olish tizimi, balki koʻz konyuktivasi, ochiq yaralar va ifloslangan qoʻllar orqali ham yuqishi mumkin. Shuning uchun ham, jamoat joylarida ijtimoiy masofani 1,5-2 metr oraligʻida saqlash, yuz va koʻzlarga yuvilmagan qoʻllar bilan tegmaslik kerak.
Tibbiy niqoblarning yana bir turi, respiratorlar ham koronavirus infeksyasidan himoyalashda samarali taʼsirga ega.
Oddiy tibbiy niqoblarga qaraganda respiratorlar – kasallik tashuvchi bemor uchun xavfsiz hisoblanadi va ularning bir necha turlari mavjud. Ular nafas organlarini chang va toksik, notoksik aerozollar, bakteriya va radioaktiv metall zarrachalaridan himoyalaydi va 8 soatgacha vaqt mobaynida 80 foizdan 99 foizgacha virusdan himoya qiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x