Temir tanqisligi anemiyasi (TTA)

Temir tanqisligi anemiyasi (TTA)

Anemiya holatlarining 70-90 foizini tashkil qiladi. TTA rivojlanishiga eng sezgir bo’lganlar reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador ayollar, yosh bolalar (ayniqsa 1 yoshgacha), shuningdek 65 yoshdan oshgan, ko’pincha oshqozon-ichak trakti, buyraklar va oziqlanishning surunkali kasalliklariga chalingan bemorlardir. 

Umuman olganda, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda dunyoda 1,6 milliard TTA bilan kasallangan va yashirin temir tanqisligi bo’lgan 3,6 milliard bemor bor, bu o’z vaqtida tashxis qo’yish va davolash va temir moddasi yetishmovchiligini oldini olishning tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi.

Ushbu anemiya birinchi marta 1554 yilda tasvirlangan va uni davolash uchun dorilar birinchi marta 1600 yilda ishlatilgan. Bu jamiyat sog’lig’iga tahdid soladigan jiddiy muammo, chunki u ishlash, xulq-atvor, aqliy va fiziologik rivojlanishga ancha ta’sir qiadi. 

Odatda, organizm temirni iste’mol qilish va yo’qotish o’rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Sog’lom katta yoshdagi odamda temirga bo’lgan kunlik ehtiyoj taxminan 15-20 mg ni tashkil qiladi. Suyak iligi va boshqa organlarga kiradigan temirning taxminan 90% endogen temir bo’lib, u taloq va jigar retikuloendotelial (to’qimalarning makrofaglari) tizimining makrofaglarida eritrotsitlar parchalanishi paytida ajralib chiqadi.

Faol tarkibiy qism — temirdir (polimaltoza bilan temir (III) gidroksidi kompleksi shaklida) (temir polimaltoza).

Maltofer preparatining faol moddasining tuzilishi ferritin oqsil yadrosi — fiziologik temir «depo»si — ombori tuzilishiga o’xshaydi.

Qo’llanilishi:

— temir tanqisligini kamqonliksiz davolash (yashirin temir tanqisligi) va klinik jihatdan ifodalangan temir tanqisligi anemiyasi.

Totema:

Faol tarkibiy qism temir glyukonat + marganets glyukonat + mis glyukonatdir.

Qo’llanilishi:

-Kattalar va 3 oylikdan boshlab bolalarda temir tanqisligi anemiyasini (TTA) davolash;

-Xavf guruhlarida temir tanqisligining oldini olish: homiladorlik paytida, temir tanqisligi bo’lgan onadan tug’ilgan bolalarda, qon donorlarida.

Ferlatum fol:

Faol tarkibiy qism TEMIR PROTEIN SUKTSINILAT, KALTSIY FOLINATI PENTAGIDRAT.

Qo’llanilishi:

— yashirin va klinik jihatdan aniqlangan temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) va folatni davolash;

— yetarli bo’lmagan va muvozanatsiz ovqatlanish fonida homiladorlik paytida, laktatsiya davrida, faol o’sishda, uzoq qon ketishdan keyin temir va folat yetishmovchiligini oldini olish.

Sog’lig’ingizga befarq bo’lmang…

2021.02.21

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x