ELINVAR

ELINVAR (yun. — elastik va lot. — oʻzgarmas) — temirnikel asosidagi qotishma. Tarkibida temir va nikeldan tashqari 7 — 9% xrom, 2 — 3% marganes va boshqalar elementlar boʻladi. Alohida issiqlik xossasiga ega boʻlgan, yaʼni elastiklik xossasini taxm. 40° dan 60° gacha intervadda saqlashi kerak boʻladigan buyumlar — kamerton, membrana, prujina, soat millari tayyorlashda ishlatiladi. Elinvar tarkibidagi nikelning bir qismi kobaltga almashtirilsa, superinvar deb ataluvchi qotishma paydo boʻladi. Superinvar aniq asboblar, mas, geodezik va optik asboblar yasash uchun ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x