“Telba” romani haqida

“Telba” romanida jamiyat qahramonning ustidan hukm chiqarmaydi, balkim qahramon jamiyat ustidan hukm chiqaradi. Romanning markazida qahramonning ishi emas, qahramonni ham oʻz domiga tortayotgan hayot va uning ikir-chikirlaridir. Qahramon hech qachon oʻzini yuqori olishga harakat qilmaydi, lekin u atrofidagilardan oʻzining bilimi, ichki dunyosi va shuningdek oqilligi bilan yuqori turadi. Asarda oldinda aniqlab qoʻyilgan voqealarning oxiri yoʻq.

Miʼshkin oʻzining mehribonligiga bu hayot oqimida joy topolmay, yana kelgan joyiga qaytib ketadi (Shveysariya kasalxonasida davolanar edi).

Miʼshkin – bu ilohiy muhabbatning majmuidir. Bunday muhabbatni oddiy odamlar tushunmaydilar, chunki u judayam buyuk va yuksakdir.

Muallif qahramonni zamonaviy muhokamalarga olib kiradi, lekin knyaz Miʼshkin oʻz gʻoyasiga teskari gʻoyalarga butunlay befarq boʻlib chiqadi. Miʼshkin Rossiyadagi hayotga, umuman mantiqqa tushuna olmaydi. Yaxshilik qilmoqchi boʻladi, natijasi yomonlikka aylanadi. Romanning asosiy mazmuni shundan iboratki, reforma paytida jamiyatdagi ziddiyatlarning kuchayishi, odamlar oʻrtasida mehr-muhabbatning orzuga aylanishidir.

Romanni mayda syujetik holatlarga qarab emas, balki umumiy mazmunidan kelib chiqqan holda baholash kerak. romanda koʻtarilgan asosiy muammo – inson oʻz ustida ishlab, rivojlanib bormogʻi lozim. Bu abadiy, hamma avlodlar oldidagi muammo boʻlib, tarixning asosiy mazmuni boʻlib qoladi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/telba-romani-haqida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x