TAYYUAN

TAYYUAN — Xitoydagi shahar, Finxe daryosi (Xuanxe daryosi havzasi) boʻyida. Shansi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,95 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiya, ogʻir mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan toshkoʻmir, temir rudasi, ohaktosh qazib olinadi. Tayyuan — Xitoyning qad. shaharlaridan biri. Sin sulolasi (1644 — 1911) davrida Shansi provinsiyasidagi eng katta shahar boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Szinsi, Shenmudan ibodatxonalari (6—7-a. lar), shahar yaqinidagi Tyanlunshan togʻida gor ibodatxonasi (6-a.) bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x