SALOR TILI

SALOR TILI — turkiy tillardan biri. XXRning bir qator gʻarbiy viloyatlarida, asosan, Sinxay viloyatining SyunxuaSalor muxtor uyezdida tarkalgan. Soʻzlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan boʻlinishi deyarli sezilmaydi; garbiy, sharqiy va oraliq sheva guruhlari farklanadi. Tarkibidagi anchagina qad. unsurlar St. ni turkiy tillarning qipchoq guruhi bilan aloqadorligini koʻrsatadi. Qad. oʻgʻuz qatlami bilan qipchoq unsurlari qatlami qoʻshilishi natijasida Salor tilida joʻnalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, gʻa/ga), qaratqich va tushum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, oʻtgan zamon feʼli gʻan va mish shakllariga ega boʻladi. Bunday parallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-a. da salorlar Xitoyga koʻchganlaridan keyin Salor tiliga qipchoq tillarining taʼsiri toʻxtab, boshqa tizimdagi tillarining (xitoy, tibet) taʼsiri boshlanadi. Salor tilida 15 — 17-a. larga mansub diniy va tarixiy mazmundagi asarlar (arab grafikasida) saqlanib qolgan. Hoz. St. oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x