TASAVVUR

TASAVVUR — narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon boʻladi. Agar idrok hoz. daqiqalarni aks ettirsa, Tasavvur ham oʻtmishni, ham kelajakni oʻzida mujassamlashtiradi, umumlashgan xususiyat kasb etadi. Lekin Tasavvur idroqdan oʻzining muayyan darajada noaniqligi bilan farqlanib turadi. Biroq uning hissiy narsalarga qaratilgan xususiyati maʼlum turlarga ajratish imkonini beradi (koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish, terituyush Tasavvur lari). T. da tanish xrdisalar, joylar, sahnalarga asoslanish xotirlashning samarali vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Tasavvurni yangi obrazlar bilan boyitish fikrlash topshiriqlarini yechishda muhim urin egallaydi. Bu oʻrinda favquloddagi vaziyatlar, shartsharoitlar voqelikka yangicha «nigoh» tashlash yoki tahlil etishni talab qilsa, ular yanada yorqinroq gavdalanadi. Tasavvur bilan tafakkurning hamkorlikdagi munosabatlari yangilik unsurlari paydo boʻlishini, ijodiy xayol timsollari vujudga kelishini taʼminlab turadi. Bilimlarni oʻzlashtirishda, kasbiy malakalarni egallashda Tasavvur muhim ahamiyatga ega. Tasavvur ham umumiy, ham xususiy, ham ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Ijtimoiy Tasavvur umumbashariy va milliy urfodatlarni, marosimlar, anʼanalar hamda qadriyatlarni aks ettiradi.

Tasavvur qilishning fiziologik asosi bosh miya poʻstlogʻida paydo boʻlgan izlarning qayta tiklanishidir. Tasavvur barqaror emas, ongda uzok, saklanmay, yangi Tasavvurlar bilan almashinib, uzgarib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x