TARS

TARS (Gyozlyu-Kule) — qadimgi manzilgoh (mil. av. 6ming yillik — mil. 3—4-a. lar). Turkiyaning Tarsus sh. chetida joylashgan. Tars dagi qazilmalar (1934— 38) natijasida Kichik Osiyo jan. ning arxeologik madaniyatini belgilovchi aniq stratigrafiyasi aniqlandi. Mil. av. 6—5ming yillikda Tars — neolit davri manzilgohi boʻlib, aholisi qoramtirkoʻk rangdagi idishlar tayyorlashgan. Mil. av. 3ming yillikda Tars — atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan mustahkam shaharcha. Mil. av. 2ming yillikda xemmaap davlati tarkibida (xett muhrlari topilgan). Mil. av. 1100—850-y. larda Tarsda dastlabki temir buyumlar yasalgan. Tars madaniyatiga oid aholi Suriya va Ossuriya bilan yaqindan aloqada boʻlgan. Mil. av. 7-a. da T. Ossuriya tarkibiga kirgan. Tarsning yuqori qatlamlaridan ellinistik va Rim davriga oid (mil. av. 4-a. — mil. 3—4 a. lar) qabrlar chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x