TAROR OLTIN KONI

TAROR OLTIN KONIZarafshon daryosining chap sohilida, Zarafshon togʻ tizmalaridagi Moʻgʻiyon togʻlarida joylashgan (Tojikiston, Panjakent tumani). 1967-y. ochilgan. Taror oltin koni yuqrri karbon yoshidagi kvarsli dioritlar shtoki yorib chiqqan silur davriga mansub turli darajada metasomatik oʻzgargan choʻkindi togʻ jinslari — ohaktosh, qumtosh va slaneslar bagʻrida joylashgan. Genezisi boʻyicha gidrotermalmetasomatik rudalar, asosan, skarnlar, kvarsitlar va ularga turdosh boʻlgan jinslar bilan bogʻliq. Ruda tanalari Taror sinigʻi zonasida joylashgan minerallashgan jinslardan (skarnlar, kvarsitlar, kremniylar va h. k.) iborat boʻlib, ularning umumiy tarqalish uz. 500—600 m, qalinligi 30 m gacha, chuqurligi esa 450—500 m va undan ortiq. Konda ruda oksidlanishi chuqur, tugʻma elementlar (oltin, kumush, mis, vismut, surma), sulfatuzli minerallar (tetraedrit, aykinit, jemsonit, Bi, Ag, Sb larning sulfatuzlari) keng tarqalgan. Asosiy sulfidli minerallararsenopirit, pirit, xalkopirit, antimonit hamda noruda minerallar — kvars, dolomit, kalsit, ankerit va b. dan iborat. Oltin koni rudalari kompleks (koʻp elementli) boʻlib, uning tarkibida oʻzgaruvchi miqdordagi (21 — 128 g/t) oltindan tashkari kumush, kadmiy, indiy, vismut va b. foydali elementlar mavjud. Konda bir necha xil ruda turlari ajratilib (sulfidli, gematitli, kvarskalsitli va h. k.), ulardan sanoat ahamiyatiga moligi — sulfidli (xira rudali va arsenopiritli) rudalar hisoblanadi. Taror oltini tugʻma, kumushli oltinlardan hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x