TANGACHALILAR

TANGACHALILAR (Squamata) sudralib yuruvchilar turkumi. Gavdasi har xil shakldagi tangachalar va qalqonlar bilan krplangan. Tangachalar ostida suyak plastinkalar joylashgan. Kalla suyagi chakka qismidagi suyaklar reduksiyaga uchragan. Yuqori jagʻ kvadrat suyagi koʻpincha bosh qutisi bilan harakatchan birikkan. Kloakasi kundalang tirqishsimon. Erkagining kopulyativ organi bir juft. Koʻpchilik Tangachalilar (kaltakesaklar, ilonlar) tuxumlari yumshoq pergamentsimon pust bilan krplangan; bu pust ostida oqsil parda boʻlmaydi. Z kenja turkum: kaltakesaklar, amfibiyasimonlar va ilonlarga boʻlinadi. 6600 turi bor. Antarktidadan boshka barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda Tangachalilar nin g kaltakesaklar va ilonlar kenja turkumiga mansub 58 turi tarqalgan; 16 turi Oʻzbekiston Respublikasi Kizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x