TAMILLAR

TAMILLARHindiston (asosan, Tamilnad shtati) dagi xalq. 61 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari); ShriLankaning shim. da taxm. 2,8 mln. kishi; shuningdek, Singapur, Myanma, Malayziya, Avstraliya va b. yerlarda yashaydi. Umumiy soni 64,1 mln. kishi. Tamil tilida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi, sunniy musulmonlar va xristianlar ham bor. T. ning etnogenezi dravid xalklari bilan bogʻliq. Mil. 3-a. dan Hindiston tarixida Chola, Chera, Pandya kabi tamil davlatlari maʼlum. 11 — 12-a. larda tamil davlatlari oʻzaro birlashganlar. 1337-y. da Vijayanagar imperiyasi vujudga kelib, 16-a. da Jan. Hindistonning barcha hududini qamrab olgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Tamillar yerlari ingliz mustamlakachilari tasarrufiga oʻtgan. Tamillar dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x