TANATOLOGIYA

TANATOLOGIYA (yun. tanatos oʻlim va… logiya) , — oʻlim, uning sabablari, mexanizmi va belgilarini, shuningdek, oʻlim oldi azoblarini yengillashtirish masalalarini oʻrganadigan fan. Umumiy va xususiy Tanatologiya ajratiladi. Umumiy Tanatologiya oʻlim sabablaridan qatʼiy nazar, uning umumiy krnuniyatlarini, oʻlimni aniqlash, uni har xil sabablaridagi terminal holatlarning xususiyatlarini, shuningdek, oʻlim sodir boʻlgandan soʻng murdada yuzaga keladigan oʻzgarishlarni, murdalarni tekshirish usullarini, ularni sunʼiy konservatsiya qilish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganadi. Xususiy Tanatologiyada kompleks maʼlumotlarning izchil taxlili (kasallik tarixi, kasallikning klinik va morfologik koʻrinishi va b.) qoʻllanib, shular asosida klinikanatomik epikriz tuziladi. Sud tibbiyoti T. si qasddan sodir etilgan va toʻsatdan yuz bergan oʻlimda murdadagi klinik, biokimyoviy va morfologik oʻzgarishlar mogʻiyatini, murdalarni sud tibbiyotiga oid tekshirish muammolarini va sudtergov bilan bogʻliq turli masalalarni oʻrganadi. Sogʻliqni saklash tizimida kasalliklarning oldini olish, tashhis xatoliklarini aniqlash, jarohatlanishning oldini olish usullarini ishlab chiqishda sogʻliqni saklash muassasalariga yordam beradi. Reanimatologiya rivojlanishi bilan hayotiy funksiyalarning susayish qonuniyatlari va ularning terminal davrda tiklanishini oʻrganadigan eksperimental Tanatologiya ham vujudga keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x