TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI — oliy maʼlumotli farmatsevtlar, sanoat farmatsiyasi uchun muxandis texnologlar, farmatsevtpedagoglar, dorivor oʻsimliklarni parvarishlash texnologiyasi agronomlarini tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1937-y. da tashkil etilgan. Intda dastlab 1 ft va 10 kafedra boʻlgan. Xoz. 5 yoʻnalish: farmatsiya, farmatsevt pedagog, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya, agronomiya; 3 ft: farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, provizorlar malakasini oshirish; 22 kafedra, markaziy i. t. lab., kutubxona (450 ming asar), shuningdek, Axborot texnologiyalari va masofadan oʻqitish markazi va h. k. bor (2004). 2003/04 oʻquv yilida intda 1220 talaba oʻqidi, 500 dan ziyod mutaxassislar malakasini oshirdi. Intda 190 prof. oʻqituvchi, jumladan, 30 fan dri va prof., 100 dan ziyod fan nomzodi va dotsent faoliyat koʻrsatdi. Toshkent farmatsevtika instituti dagi ilmiy tadqiqotlar, asosan, mahalliy tabiiy oʻsimlik va mineral xom ashyolardan dori olish, samarali texnologiyalar yaratish, zamonaviy standartlash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, farmatsiya ishini tashkil etish, doridarmonlar marketingini oʻrganish muammosini aniklashga qaratilgan. Int tarkibidagi dori vositalarini standartlash ilmiy markazida dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash, farmakotoksikologik izlanish lab., shuningdek, tibbiy mahsulotlarni sertifikatsiyalash organi, zamonaviy taxlil usullari boʻyicha oʻquv trening markazi, «Axborotpatent va ilmiy uslubiy boʻlim» mavjud. Intda «Koamid», «Feramid», «Kobalt30», «Kupir», «Navbaxtit», «Tozalangan mumiyo» va b. dorilar ixtiro qilinib, amaliyotga tatbiq etilgan. Int faoliyati M. A. Azizov, Yo. X. Toʻraqulov, X. X. Xolmatov, A. I. Gengrinovich, L. T. Ikromov, M. N. Maxsumov, E. R. Toshmuhamedov, S. I. Aminov, A. N. Yunusxoʻjayev va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Intda ilmiy toʻplamlar, uslubiy qoʻllanmalar va «Farmatsevtika» jurnali chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x