TABULATURA

TABULATURA (lot. tabula — taxta, jadval) — 1) nota yoʻzuvmning ilk shakllaridan. Muayyan cholgʻu asbobiga moʻljallangan boʻlib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va b. maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Musulmon Sharqi musiqa ilmida 10-a. dan maʼlum. Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, ashSheroziylar ud uchun, Komil Xorazmiy tanbur pardalariga moslashtirilgan Tabulaturalarni yaratgan (q. Tanbur chizigʻi); Yevropada 14—18 a. larda qoʻllanilib, organ, lyutnya, klavir kabi cholgʻular uchun moʻljallangan;

2) klavishli musiqa cholgʻu asboblari uchun qayta ishlangan koʻp ovozli vokalxor asarlar toʻplami. 16—17-a. larda joriy etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x